Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Soliqqa oid ilmiy tadqiqotlar markazi

Soliq siyosati, soliqqa tortish va soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda tahliliy faoliyat markazi.

Soliq oliy maktabi tarkibida Soliqqa oid tadqiqotlar markazi tashkil etilgan. Markaz soliq siyosati, soliqqa tortish, soliq ma’muriyatchiligi, soliq xavflarini boshqarish, raqamlashtirish, soliq to‘lovchilar bilan munosabatlar va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot hamda tahliliy faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur markaz orqali ilmiy tadqiqot natijalarini soliq amaliyotiga joriy etish, zamonaviy xalqaro tajribani o‘rganish va O‘zbekiston soliq tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratiladi.

Tadqiqot yo‘nalishlari

  • Soliq siyosati

    Soliq siyosatini shakllantirish va baholashga oid tadqiqotlar.

  • Soliqqa tortish

    Soliqqa tortish mexanizmlari va ularning amaliyotdagi samarasi.

  • Soliq ma’muriyatchiligi

    Soliq organlari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish.

  • Soliq xavflarini boshqarish

    Soliq xavflarini tahlil qilish va boshqarish usullari.

  • Raqamlashtirish

    Raqamli texnologiyalar va ma’lumotlar tahlilini joriy etish.

  • Soliq to‘lovchilar bilan munosabatlar

    Soliq to‘lovchilar bilan muloqot va xizmat ko‘rsatish masalalari.

Yuklanmoqda…